Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalarni ishga olish qonunga zid emas - vazirlik izoh berdi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi talabalarni ishga qabul qilish qonunga xilof emasligini ma’lum qildi: talabalarga ishlash bo‘yicha cheklov yo‘q, hatto to‘liq 1 stavkada ishlash ham mumkin.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi talabalar bandligiga oid eng ko‘p berilgan savollardan biriga — “talabani ishga olish qonunga zidmi?” — degan masalaga aniqlik kiritdi.
Vazirlik ma’lum qilishicha, talabalarning ishlashiga hech qanday cheklov yo‘q, zaruratga ko‘ra ular to‘liq 1 stavkada ham ishlashi mumkin.
Pedagogika yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida pedagoglik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Boshqa tashkilotlarda esa talabalar diplomiga muvofiq yoki malaka talab qilinmaydigan ishlarda ishlashi mumkin.