Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025-2026 öquv yili boşida mamlakatdagi oliy ta’lim taşkilotlarida jami 1 mln 535 ming nafar talaba tahsil olmoqda.
Bu körsatkiç 1991-1992 öquv yilida qayd etilgan 337,4 ming nafar talabaga nisbatan 1 mln 197,6 ming nafarga yoki qariyb 4,6 barobarga oşgan.
Statistikaga nazar taşlansa, 1990-yillar örtalari va 2000-yillar boşida talabalar soni 200–300 ming nafar atrofida bölgan. 2020-2021 öquv yilidan boşlab esa ösiş sur’ati keskin jadallaşib, talabalar soni 571,5 ming nafardan 1,5 milliondan ortiq darajaga yetgan.
Xususan, 2020-2021 öquv yilida 571,5 ming, 2021-2022 öquv yilida 808,4 ming, 2022-2023 öquv yilida 1 mln 42,1 ming, 2023-2024 öquv yilida 1 mln 314,5 ming, 2024-2025 öquv yilida esa 1 mln 432,8 ming talaba tahsil olgan.
2025-2026 öquv yilida mazkur körsatkiç yana oşib, 1 mln 535 ming nafarga yetdi. Bu mamlakatda oliy ta’lim qamrovini kengaytiriş, yangi oliygohlar taşkil etiş va qabul kvotalarini oşiriş böyiça amalga oşirilgan islohotlar samarasini aks ettirmoqda.

















