Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida ötkazilgan bitiruv tadbiri talabalarning noroziligiga sabab böldi.

“200 ming sömdan bergandik”

Kun.uz’ga murojaat qilgan talabalar tadbirga kira olişmaganini, tadbirda qatnaşiş uçun pul berişganini ma’lum qildi.

“Talabalar 200 ming sömdan pul berib, taşrif buyurgandi. Na pulimiz qaytarildi, na tadbir taşkil etildi. 70-80 mln sömga töy qilsa böladi. Afsuski, hayotimizda bir marta böladigan bakalavr bitiruv tadbiriga pul berib ham kirolmay qoldik. Kirganlar ham diplomini ololmay qolişdi: böldi, tugadi deb çiroqlarni öçirib qöyişdi”, deydi talabalardan biri.

“Holat nazoratga olingan” – vazirlik 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirib, dastlabki örganiş işlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Universitet tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, oliy ta’lim muassasasida katta siğimli konsert zali mavjud emasligi hamda yozgi issiq ob-havo şaroiti inobatga olinib, bitiruv tadbirini yopiq binoda ötkaziş maqsadida Kasaba uyuşmalari federatsiyasi saroyi tanlangan.

Tadbirni taşkiliy jihatdan ötkaziş böyiça taşabbus talabalar tomonidan bildirilgan bölib, uni tayyorlaş jarayonlarida bitiruvçilar iştirok etgan. Tadbir uçun oldindan iştirokçilar röyxati şakllantirilgan. Biroq tadbir kuni röyxatda körsatilganlardan taşqari qöşimça fuqarolar kelgani sababli zalning siğimi belgilangan me’yordan oşib ketgan.

Şu munosabat bilan zal ma’muriyati xavfsizlik talablariga muvofiq iştirokçilar sonini çeklaş çoralarini körgan. Şundan söng universitet rahbariyati bitiruvçilar uçun universitet hududida alohida tadbir taşkil etişga qaror qilgan. Viloyatlardan kelgan ota-onalarning joylaşuvi ham ta’minlangan. 

Vazirlik oliy ta’lim muassasalarida talabalardan har qanday körinişda majburiy mablağ yiğişga yöl qöyilmasligini qöşimça qilgan. Bunday holat aniqlangan taqdirda mas’ullarga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli çoralar körilişi bildirilgan. 

“Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan mazkur tadbirni taşkil etiş va u bilan boğliq holatlar, jumladan bildirilgan e’tirozlar xizmat tekşiruvi doirasida örganilmoqda. Örganiş davomida barça holatlarga, şu jumladan taşkiliy va moliyaviy jihatlarga huquqiy baho beriladi.