Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan taniştiramiz.

Molxonada saqlangan ayol işi böyiça sud hukmi öqildi

Surxondaryo viloyati, Uzun tumanida ayolni molxonada saqlaş, qiynoqqa soliş va uning çaqaloğini olib qöyiş bilan boğliq dahşatli voqea böyiça sud hukmi öqildi.

Sud hukmi bilan 4 kişi aybdor deb topildi. 3 nafari turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi, yana bir nafariga ozodlikni çeklaş jazosi berildi.

Holat 2025 yil sentabr oyida jamoatçilikka ma’lum bölgan edi. Uzun tumanida yaşirin saqlangan ayol homilador holatida uşbu xonadonga olib kelingan, farzandini uy şaroitida dunyoga keltirgan va tuğuruqdan söng bolasi undan olib qöyilgan. Ayolning özi esa molxonaga qamalgan, kaltaklangan va inson qadrini yerga uradigan şaroitlarda saqlangan. Jabrlanuvçi oçlikdan ölmaslik uçun tarvuz pöçoqlari va mollarga taşlanadigan mahsulot qoldiqlarini yeb jon saqlagan.

Möynoqda yangi quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi aniqlandi

Qoraqalpoğistonning Ustyurt mintaqasidagi «Möynoq» koni yaqinida joylaşgan Şagirlik-quyi Yura 2-sonli izlov quduğida sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimi qayd etildi.

10 yanvar kuni quduq tubi quyi Yura qatlamlarida 5265 metr çuqurlikkaça burğilanib, 5265–5061 metr oraliğida tabiiy gaz hajmi aniqlangan.

Quyi Yura qatlamlarining geologik tuzilişini örganiş hamda aniqlangan gaz uyumlarining tarqaliş çegarasini belgilaş maqsadida mazkur maydonda navbatdagi 3 va 4-sonli izlov-qidiruv quduqlarini burğilaş rejalaştirilmoqda.

Raqobat qömitasi propan gaz narxlarini asossiz oşiriş alomatlari böyiça iş qözğatdi

2025 yil noyabr–dekabr oylarida metan gaziga vaqtinçalik çeklovlar joriy etilgan davrda ayrim bozor iştirokçilari tomonidan suyultirilgan gaz narxlarini asossiz oşirişga uriniş alomatlari kuzatilmoqda. Raqobat qömitasi bu holatlar yuzasidan belgilangan tartibda çora köra boşladi.

Ma’lum qilinişiça, ötgan yilning noyabr–dekabr oylarida bozor iştirokçilariga profilaktik maqsadlarda ogohlantirişlar yuborilib, metan gaziga kiritilgan vaqtinçalik çeklovlar holatidan foydalangan holda suyultirilgan gaz narxlarini asossiz oşirmaslik talab qilingan edi. Şunga qaramasdan, ayrim xöjalik yurituvçi sub’yektlar tomonidan adolatli bozor prinsiplariga zid ravişda narxlarning asossiz oşirilişiga sabab böluvçi manipulyatsiya va muvofiqlaştirilgan harakatlar alomatlari kuzatilayotgani qayd etilgan.

Xususiy va meros fondlarini taşkil etiş tartibi belgilanmoqda

«Xususiy fondlar töğrisida»gi qonun loyihasi bilan xususiy fondlarni taşkil etiş, boşqariş, davlat röyxatidan ötkaziş, mol-mulkdan foydalaniş hamda tugatişga oid qoidalar belgilanmoqda. Loyihada, jumladan, fondni ta’sis etiş uçun dastlabki mablağ BHM 1500 baravaridan kam bölmasligi nazarda tutilgan.

Qonun loyihasiga köra, xususiy fond jismoniy şaxs tomonidan yoki uning vafotidan keyin vasiyatnoma ijroçisi tomonidan muayyan muddatga yoki muddatsiz ta’sis etiladigan, muassis topşirgan yoki meros qilib qoldirilgan mol-mulkni belgilangan şartlarda boşqaruvçi nodavlat notijorat taşkilot hisoblanadi. Fondlar, qoida tariqasida, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy va boşqa ijtimoiy foydali maqsadlarni közlaşi qayd etilgan.