Los-Anjyelesda Amerika kinoakademiyasining "Oskar" mukofotiga da’vogarlar e’lon qilindi.

Röyxatda Rayan Kuglerning "Gunohkorlar" filmi eng köp tilga olingan - 16 nominatsiya. Ikkinçi örinda Pol Tomas Andersonning "Jangma-jang" filmi qayd etilgan - 13.

"Eng yaxşi film" nominatsiyasida quyidagilar iştirok etadi:

- Pol Tomas Andersonning "Jangma-jang" filmi;

- Yorgos Lantimosning "Bugoniya" filmi;

- Xloi Çjaoning "Hamnet" filmi;

- Rayan Kuglerning "Gunohkorlar" filmi;

- Joş Safdiyning "Ajoyib Marti" filmi;

- Kleber Mendonsa Filo "Maxfiy agent" filmi;

- Yoakim Triyerning "Sentimental qadriyat" filmi;

- Klint Bentlining "Poyezdlar tuşi" filmi;