2 fevral kuni oltin bir troya unsiyasi uçun tarixiy maksimal 5600 dollarga yaqin narxdan 4400-4800 dollar diapazoniga tuşdi, bu taxminan 15-20 foizga qulaganini anglatadi.
Kumuş narxi yanada keskin pasayişni körsatdi: narx bir unsiya uçun 120 dollardan 75-80 dollargaça pasayib, qisqa vaqt içida taxminan 30 foizni yöqotdi.
Tahlilçilarning ta’kidlaşiça, bir neçta savdo sessiyalarida bunday keng kölamli özgariş hatto qimmatbaho metallarning özgaruvçan bozori uçun ham xos emas.
Qulaşning asosiy sabablari
1. 2025 yilda geosiyosiy beqarorlik va himoya aktivlariga bölgan yuqori talab fonida oltin va kumuş sezilarli darajada qimmatladi. Rekord darajaga erişiş yirik investorlar va jamğarmalar tomonidan foydani ommaviy ravişda qayd etişga turtki böldi;
2. AQŞ Federal zaxira tizimi (FZT) rahbariyati bilan boğliq yangiliklar va kutilmalar bozorga qöşimça bosim ötkazdi. Investorlar Kevin Uorş FZT rahbari etib tayinlanişi ehtimoli haqidagi xabarlarga reaksiya bildirdi. Uorş keskinroq pul-kredit siyosati tarafdori hisoblanadi, bu esa foiz stavkalari böyiça kutilmalarni qayta körib çiqişga olib keldi. Siyosatni tez va keng miqyosda yumşatiş ehtimolining pasayişi foizli daromad keltirmaydigan oltin va kumuşning jozibadorligini keskin kamaytirdi;
3. AQŞ dollarining mustahkamlanişi. Daromadlarning ösişi va Federal zaxiraning qat’iy siyosati kutilmalari fonida dollar mustahkamlandi, bu esa an’anaviy ravişda qimmatbaho metallar narxlariga bosim ötkazib, ularni boşqa valuta zonalaridagi investorlar uçun qimmatroq qiladi.
Bozor reaksiyasi va istiqbollar
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, joriy pasayiş narxlarning ekstremal ösişidan keyingi «tuzatiş» xususiyatiga ega bölişi mumkin. Bozorlarning keyingi dinamikasi Federal zaxiraning real qadamlari, FZT yangi rahbariyati siyosati va AQŞ dollarining «xatti-harakatlariga» boğliq böladi.








