Gazeta yakşanba, 1 fevral kuni AQŞ Mudofaa vazirligi ma’lumotlari, parvozlar monitoringi va sun’iy yöldoş suratlariga tayanib xabar berişiça, AQŞ Eron tomonidan bölişi mumkin bölgan zarba holatida Isroilni, arab ittifoqçilarini va amerikalik harbiylarni himoya qiliş uçun Yaqin Şarqqa qöşimça HHM vositalarini köçirmoqda.
AQŞ rasmiylarining aytişiça, agar prezident bugun hujum qiliş buyruğini bersa, AQŞ Qurolli kuçlari Eronga nisbatan “çeklangan havo zarbalari” beriş imkoniga ega. Biroq Donald Tramp harbiylarga tayyorlaşni topşirgan “keskin hujum” Eron tomonidan mutanosib javobga sabab bölişi mumkin. Bu esa AQŞdan Isroilni va AQŞ qöşinlarini himoya qiliş uçun işonçli havodan mudofaa vositalarini talab qiladi, deb aytgan WSJ bilan suhbatlaşgan mansabdorlar.
Naşr aniqlaştirişiça, Pentagon hozir Yaqin Şarq böylab AQŞning harbiy bazalarida THAAD raketalarga qarşi majmuasini va Patriot zenit-raketa majmuasining qöşimça batalonlarini joylaştirmoqda. Ular jumladan Iordaniya, Kuvayt, Bahrayn, Saudiya Arabistoni va Qatarda ham joylaştirilmoqda. Maqolada aytilişiça, THAAD'ni joylaştiriş — AQŞda bu tizimlar zaxirasi çeklanganini hisobga olganda — “AQŞ ehtimoliy nizoga tayyorlanayotganining ayniqsa yaqqol belgisi” hisoblanadi.
Eronning oliy rahbari Ali Xominaiy 1 fevral kuni ogohlantirişiça, agar Vaşington harbiy harakatlarni boşlasa, “bu safar mintaqaviy uruş böladi”. “Biz janjal boşlovçisi emasmiz va heç qaysi davlatga hujum qilişni istamaymiz. Ammo Eron xalqi unga hujum qilgan yoki tahdid qilgan har kimga qattiq zarba beradi”, — dedi Eronning 86 yoşli oliy rahbari davlat telekanali orqali çiqişida. Bu bayonot oxirgi paytda Xominaiy tomonidan aytilgan eng töğridan töğri tahdid sifatida qayd etilmoqda.
Şu orada Eron prezidenti Mas’ud Pezeşkiyon AQŞ bilan mojaroni tinç yöl bilan hal etiş tarafdori ekanini bildirdi. Eron davlat agentligi IRNA xabar qilişiça, u telefon orqali Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy bilan suhbatda diplomatik jarayonlarni işga tuşiriş zarurligini ta’kidlagan. Pezeşkiyonning aytişiça, Eron “heç qaçon uruşni istamagan” va hozir ham unga intilmayapti. Islom Respublikasi uruş Eronga ham, AQŞga ham, mintaqada ham heç qanday foyda keltirmasligiga işonadi, deb qöşimça qilgan u.












