Yiğilişda Farğona viloyatida amalga oşirilgan islohotlarning natijalari tahlil qilindi. Qayd qilinişiça, aholi jon boşiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 2017 yilda 7 million sömni taşkil etgan bölsa, 2025 yilga kelib, 26,6 million sömga yetdi yoki 3,8 barobar ösdi. Ötgan yilda 519 ming nafar aholining bandligi ta’minlanib, ularni daromadlari oşirildi va 53 ming oila kambağallik reyestridan çiqarildi. 2026 yil yakuniga qadar işsizlikni 3 foizga, kambağallikni esa 2,7 foizga kamaytiriş közda tutilmoqda.

Viloyatda 26 ta yirik, 357 ta örta va kiçik investitsiya loyihalari işga tuşirilib, salkam 3 milliard dollar xorijiy investitsiya özlaştirildi. Qişloq xöjaligida ötgan yili 94,3 ming gektar maydonda 816,7 ming tonna ğalla yetiştirilib, örtaça hosildorlik 86,6 sentnerni taşkil etdi. Paxtaçilikda 72 ming gektarda 324 ming tonna hosil olindi. Meva-sabzavot eksporti 403 million dollarga yetdi.

Yiğilişda Farğona viloyatini rivojlantirişning ustuvor vazifalari belgilab olindi.

Qayd etilganidek, viloyatda investitsiya va eksport hajmlarini izçil oşiriş, işsizlik va kambağallikni qisqartiriş masalalariga tizimli hamda manzilli yondaşiş talab etiladi. Şu maqsadda Farğona viloyati uçun umumiy qiymati 8,2 milliard dollar bölgan yangi yirik loyihalar paketi şakllantirilgan. Joriy yilning özida umumiy qiymati 4,2 milliard dollar bölgan loyihalarni işga tuşiriş rejalaştirilgan. Uşbu loyihalarning 2,7 milliard dollari sanoat, 210 million dollari qişloq xöjaligi, 1,2 milliard dollari servis va turizm sohalariga töğri keladi.

Şu bilan birga, ötgan yillarda sanoat maqsadlari uçun ajratilgan 2 ming 115 gektar yer maydonining 40 foizi haligaça auksionga çiqarilmagani qayd etildi. Qöşimça yer ajratişdan oldin mavjud böş yerlar infratuzilmasini yaxşilaş va ularni tadbirkorlarga taklif etiş orqali investitsiya loyihalarini joylaştiriş samaradorligini oşiriş zarurligi ta’kidlandi.

Bandlik va kambağallikni qisqartiriş böyiça aniq maqsadli körsatkiçlar belgilandi. Joriy yilda jami 595 ming nafar, şundan 98 ming doimiy iş örni yaratiş, 423 ming aholini daromadli qiliş hamda 74 ming iş örnini “soya”dan çiqariş rejalaştirilgan.

Buvayda, Uçköprik, Quva, Özbekiston, Yozyovon tumanlari hamda Marğilon, Farğona, Qöqon va Quvasoy şaharlarini işsizlik va kambağallikdan xoli hududlarga aylantiriş vazifasi qöyildi. Şu maqsadda 7 ta tuman va 132 ta “oğir” mahallada infratuzilmani yaxşilaş orqali işsizlik va kambağallikni ikki karra qisqartiriş uçun 800 milliard sömdan ortiq mablağ ajratiladi. Şuningdek, banklar tomonidan “Mahalla loyihasi” dasturi doirasida 1,4 trillion sömlik kredit resurslari yönaltiriladi.