Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati böyiça boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.
Ma’lum qilinişiça, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida yaşovçi, 1973 yilda tuğilgan xususiy tadbirkor Buxoro viloyati Peşku tumani hududidagi davlat zaxirasida turgan, oltin va boşqa qimmatbaho metallarga ega bölgan 290 gektar yer maydonini auksion savdolari orqali olib berişni va’da qilgan.
Uning aytişiça, mazkur masalani “mansabdor tanişlari” yordamida hal qiliş mumkin bölib, bunday xizmat evaziga Şofirkon tumanida istiqomat qiluvçi, 1983 yilda tuğilgan fuqarodan 600 ming AQŞ dollari talab qilingan.

Tezkor tadbir davomida muqaddam firibgarlik jinoyati uçun bir neça marotaba sudlangan uşbu şaxs oldindan 230 ming AQŞ dollari va 840 mln söm olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Holat yuzasidan gumonlanuvçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllandi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.








