Anvar Hamroyevning Peşku tumani hokimi lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.

Tayinlovga qadar u Buxoro viloyati Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boş boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan. Boşqarmaning rasmiy saytida ham Anvar Hamroyev uşbu tuzilma rahbari sifatida qayd etilgan.

Oçiq manbalarga köra, Hamroyev kamida 2023-yildan buyon viloyat kambağallikni qisqartiriş va bandlik tizimi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelgan. Xususan, 2023-yil dekabrda u Buxoro viloyati Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boş boşqarmasi boşliği sifatida qayd etilgan. 2025-yil yanvarda Buxoro viloyatida kambağallikni qisqartiriş masalalariga bağişlangan seminarda ham u boş boşqarma boşliği sifatida iştirok etgan.

Peşku tumaniga bunga qadar Hayot Hasanoviç Davlatov rahbarlik qilib kelgan. U 2024-yildan Peşku tumani hokimi lavozimida işlagan. 2026-yil 25-iyunda Hayot Davlatov Buxoro viloyati hokimining quriliş, tösiqlarsiz muhit yaratiş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangan.

Hayot Davlatov 1979-yilda Peşku tumanida tuğilgan. U Sankt-Peterburg davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti hamda Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.

Davlatov viloyat hokimi örinbosari lavozimiga ötgaç, Peşku tumani hokimi vazifasini vaqtinça Omon Ergaşev bajarib kelgan. Tuman hokimligining 2026-yil 13-iyuldagi rasmiy ma’lumotida Ergaşev Peşku tumani hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi sifatida körsatilgan.