AQŞda «Oskar» sohibi, «Çöqintirgan ota», «Bugungi Apokalipsis» va boşqa önlab filmlarda rollar ijro etgan aktyor Robert Dyuval 95 yoşida vafot etdi.
Uning rafiqasi Lusiana tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytilişiça, aktyor yakşanba kuni Virjiniya ştatidagi uyida olamdan ötgan.
Robert Dyuval öz «Oskar»ini 1984 yilda «Nozik muruvvat» (Tender Mercies) filmidagi kantri-musiqaçi roli uçun olgandi.
Dyuval yana olti marta ikkinçi plandagi eng yaxşi aktyor sifatida (jumladan, «Çöqintirgan ota» va «Bugungi Apokalipsis» filmlaridagi rollari) «Oskar» uçun nomzodlik qilgan. U oxirgi bor 2014 yilda, 83 yoşida «Hakam» filmidagi ijrosi orqali nomzodlar röyxatiga kirgandi.
Rejissyor Frensis Ford Koppolaning «Apokalipsis» filmida Dyuval syorfing işqibozi bölgan amerikalik polkovnik Bill Kilgorni öynagan – u Vagnerning «Valkiriyalar parvozi» musiqasi sadolari ostida vertolyotlarning Vetnamdagi qişloqqa hujumni boşqarişi sahnasi dunyo kinematografiyasidagi eng maşhur sahnalardan biriga aylangan.
Dyuvalning qahramoni ekranda atigi bir neça daqiqa köriniş bergan, ammo «Valkiriyalar parvozi» bilan rol hamda «Ertalabki napalm hidini sevaman» iborasi uni yulduzga aylantirgan.

Şu bilan birga, bu personaj avvaliga yanada telba bölişi közda tutilgandi, ammo Dyuvalning özi komandir obrazini biroz muloyimroq qiladi.
Robert Dyuval özining sevimli roli sifatida 1989 yilda «Yolğiz kabutar» teleserialidagi kovboyga aylangan texaslik reynjyer Ogastes Makkrey rolini tez-tez tilga olgan.
Dyuval kinoda 63 yil muqaddam debyut qilgan, öşanda u «Mazaxçining öldirilişi» asari sahnalaştirilişida iştirok etgandi.
«Çöqintirgan ota»da esa u mafiya boşliğining maslahatçisi Tom Heygenni öynagan.
«Butun dunyo uçun u aktyor, „Oskar“ mukofoti sovrindori, rejissyor, hikoyaçi edi. Men uçun esa u hamma narsa edi. Uning öz kasbiga bölgan iştiyoqi faqat qahramonlarga, yaxşi taomga va muloqotga bölgan çuqur muhabbati bilan taqqoslanişi mumkin edi», – deyiladi Lyusiana Dyuvalning bayonotida.








