Transport vositalari harakatini qulaylaştiriş, ortiqça masofani qisqartiriş va çorrahada tirbandliklarning oldini oliş maqsadida Oqtepa maydoni çorrahasida harakat tartibi özgartirildi.

Endilikda Lutfiy köçasidan Nurafşon va Seul köçalari tomon harakatlanayotgan haydovçilar çorrahadagi svetoforning tegişli işorasi orqali töğridan töğri çapga burilişi mumkin.

Avval bu yönalişda harakatlanayotgan transport vositalari Muqimiy köçasiga ötib, u yerdan qayrilib olişi talab etilar edi.

Şuningdek, Samarqand Darvoza köçasidan kelayotgan transport vositalari uçun ham yangi çapga buriliş yönalişi taşkil etildi.

Avval Samarqand Darvoza köçasidan Lutfiy va Muqimiy köçalari tomon harakatlaniş uçun Nurafşon köçasiga kirib, qayrilib oliş zarur edi. Yangi tartibga köra, haydovçilar svetoforning tegişli işorasi orqali töğridan töğri çapga burilib, Muqimiy va Lutfiy köçalari tomon harakatlanişi mumkin.

Özgarişlar natijasida haydovçilar bosib ötadigan masofa qariyb 600 metrga qisqargan. Şuningdek, Nurafşon va Muqimiy köçalarida qayrilib oliş jarayonida yuzaga keladigan tirbandliklarni kamaytiriş közda tutilgan.

Hisob-kitoblarga köra, yangi harakat tartibi haydovçilarning yöldagi vaqtini odatiy soatlarda 4 daqiqagaça, tiğiz vaqtlarda esa 10 daqiqagaça qisqartiradi.

Piyodalar xavfsizligi va harakatlaniş qulayligini ta’minlaş maqsadida çorrahada piyodalar ötiş yölaklari hamda piyodalar uçun svetoforlar ham taşkil etildi.