Yöl harakatini taşkil etiş markazi mutaxassislari Fitrat va Geydar Aliyev köçalari çorrahasidagi transport oqimini örganib, avtomobillar eng köp töplanadigan yönalişlarni aniqladi. Tahlil natijalari asosida svetoforning işlaş vaqti mavjud transport yuklamasiga moslaştirildi.
Avval svetofor siklining birinçi fazasi 35 soniya, ikkinçi fazasi esa 28 soniya davom etgan. Yangi tartibga köra, eng gavjum yönalişda “yaşil” çiroq vaqti 35 soniyadan 60 soniyagaça uzaytirildi.
Şuningdek, qarama-qarşi yönalişda harakatlanayotgan avtomobillar endi biroz oldinroq töxtaydi. Bu burilayotgan transport vositalariga manyovrni xavfsiz yakunlaş va çorrahani tezroq böşatiş imkonini beradi. Natijada svetoforning bir sikli davomida köproq avtomobil ötişi ta’minlanmoqda.
Markaz ma’lumotlariga köra, özgarişlar natijasida kunduzgi vaqtda avtomobillar navbati sezilarli qisqargan, harakat bir maromga tuşgan. Çorrahadan ötiş uçun sarflanadigan vaqt esa 2 daqiqagaça kamaygan.
Ayni paytda uşbu hudud yaqinida temiryöl kesişmasi mavjudligi sababli poyezdlar ötayotganda avtomobillar harakati vaqtinça töxtaydi. Bu esa ayrim vaqtlarda çorrahada qisqa muddatli transport töplanişiga olib kelişi mumkin.
Yöl harakatini taşkil etiş markazi mutaxassislari çorrahadagi vaziyatni kuzatişda davom etmoqda. Şuningdek, ertalabki va keçki tiğiz vaqtlar uçun svetoforning alohida iş rejimlarini joriy etiş rejalaştirilgan.
Keyingi bosqiçda qöşni çorrahalardagi svetoforlar ham qayta sozlanib, ular yagona “Yaşil tölqin” tizimiga ulanadi. Uşbu tizim ruxsat etilgan tezlikda harakatlanayotgan avtomobillarga bir neçta çorrahadan ketma-ket “yaşil” çiroqda ötiş imkonini berişi kutilmoqda. Bu transport vositalarining ortiqça töxtaşini kamaytiriş va yöllardagi harakatni yanada ravonlaştirişga xizmat qiladi.








