Farğona şahridagi davlat boğçalarida bolalarning ommaviy zaharlanişi yuz berganligi holati yuzasidan jinoyat işi qözğatildi, deya xabar bermoqda viloyat Içki işlar boşqarmasi.

21 fevral kuni şahardagi 2, 58 va 61-sonli davlat boğçalarining 62 nafar tarbiyalanuvçisi ötkir diareya taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan. Ularda bemorlarda qorin sohasida oğriq, iç ketişi, haroratni kötarilişi, köngil aynişi kabi soğliğida salbiy holatlar kuzatilgan.

IIBga köra, bu borada navbatçilik qismiga ham xabar kelib tuşgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257−1-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Xozirda vaziyat Farğona viloyati prokuraturasi, IIB hamda boşqa mutasaddi idoralarning ma’sullari tomonidan örganilmoqda. Barça tegişli turdagi ekspertizalar tayinlangan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq Oliy Majlisning Bola huquqlari böyiça vakili Surayyo Rahmonova uşbu vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qilgandi. Uning sözlariga köra, ombudsmanning mintaqaviy vakili voqea joyiga yetib borgan, hozirda tergovga qadar tekşiruv doirasida hujjatlar tahlili va örganiş işlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani bunday holatlar tizimli xarakterga ega ekani, bolalar ovqatlanişida qat’iy sifat nazoratini örnatiş va yetkazib beruvçilarning javobgarligini kuçaytiriş zarurligi haqida gapirdi.

«Bola huquqlari böyiça vakilning uşbu masala yuzasidan pozitsiyasi şundan iboratki, bolalarning ommaviy ovqatlaniş tizimida bu kabi holatlarning oldini oliş uçun ovqatlaniş xavfsizligi standartlariga rioya etilişi ustidan qat’iy va alohida sifat nazoratini örnatiş zarur. Gap bolalarimiz salomatligi va mohiyat e’tibori bilan millat genofondining soğlomligi haqida ketmoqda», – deb ta’kidlagan Surayyo Rahmonova.

Bolalar ombudsmani bolalarning ommaviy ovqatlaniş tizimida taomlar sifati ustidan nazoratni kuçaytiriş hamda sifatsiz mahsulot yetkazib beruvçilarning javobgarligini oşiriş, hattoki ularning keyingi faoliyatiga çeklovlar qöyiş zarurligini qayd etgan. Tahlil materiallari tegişli idoralarga yuborilgan bölib, tekşiruv yakunlari böyiça işlar davom ettirilişi ma’lum qilingan.