Prezident farmoni bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida sodir bölgan favqulodda va murakkab vaziyatda öz joni va salomatligini xavf ostiga qöyib, köp qavatli uyning yuqori qismidan qulab tuşayotgan yoş bolaga amaliy yordam körsatgan özbekistonlik Xayrullo Saydullayeviç Ibodullayev «Jasorat» medali bilan mukofotlandi. Farmonda uning «xalqimizga xos yuksak jasorat, qahramonlik va fidoyilik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani» e’tirof qilingan.
Sankt-Peterburgda özbekistonlik erkakning qahramonlik körsatgani 22 fevral kuni ma’lum böldi.
Ta’kidlanişiça, 7-qavatda oçiq deraza tokçasida ötirib, planşet öynayotgan bola sirpanib ketgan va karnizga osilib qolgan. Pastda hovli tozalayotgan 36 yoşli Xayrullo Ibodullayev buni körib, darhol yordamga şoşilgan. Bola karnizda biroz osilib turgaç, pastga qulaganida Ibodullayev uni uşlab olgan. Hodisa oqibatida bola şifoxonaga yotqizilgan. Ibodullayevning qöllari va qovurğasi singan.








