Farğona şahridagi 66-son davlat boğçasida 6 yoşli tarbiyalanuvçi yuqori kuçlanişli transformator punktiga yiqilib, tok urişi oqibatida tana aʼzolari kuyib ketdi. Yangi qurilgan boğça hududidagi TP yertölada joylaşgan bölib, çuqurning usti tayinli yopilmagan, atrofi tösiqlar bilan öralmagan. Kun.uz muxbiri voqea tafsilotlarini örgandi.
18-fevral kuni soat 10:00 lar atrofida Farğona şahrida joylaşgan 66-son davlat boğçasining 6 yoşli tarbiyalanuvçisi A.R boğça hududida, yer ostiga örnatilgan yuqori kuçlanişli tranformator punktiga tuşib ketişi oqibatida jiddiy jarohat olib, tana aʼzolari kuyib ketgan.

Taajjublanarli tomoni, boğça qurib foydalanişga topşirilganiga 2 yil bölişiga qaramay, inson hayoti uçun xavfli bölgan yertöla atrofi maxsus tösiqlar bilan öralmagan. Yertöla eşigi esa oddiy sellofan paket bilan yopib qöyilgan.

Bola öynab borib ustiga sellofan taşlangan yertöla tuynugiga qadam qöyişi bilan, içkariga tuşib ketgan. Baxtsiz hodisadan keyingina xavfli hudud atrofi darhol maxsus panjaralar bilan tösilgan.


Ayni paytda u şifoxonada qolmoqda.
“Nevaramning öşa kungi holatini umuman tasavvur ham qilolmaysiz. Qöllari kuyib ketgan, yelkalarini, orqalari kuygan, dumbalari, asosiy tana aʼzolari ham kuygan. Qanday qilib mana şunday katta kuçlaniş tokni oldida bolalarni beeʼtibor qoldirişlari mumkin? Nevaram boğçaga qanday soğlom borgan bölsa, qölimizga ana şunday soğlom holda qaytarib berişsin.

Boşlari ham yorilgan. Qöllari tinmay qaltirayapti, közi bir tomonga tortyapti. Qanday quvnoq bola edi-ya... Har bir inson öz farzandini örniga qöyib körsin. Bola çidolmayapti, iloji yöq.
Mana şu panjaralarni falokat yuz bergandan keyin bolam yiqilgandan keyin, qöyişdi. Mutasaddilar, TPni qurgan taşkilot nega xavfli joyni avvalroq örab qöymagan? Kim javob beradi?” – deydi bolakayning buvisi Hayotxon Rahimova.













