Loyihaga muvofiq, nodavlat ta’lim xizmatlarini körsatuvçi tadbirkorlik sub’yektlarining qonunçilikni buziş xavfi darajasi maxsus elektron platforma orqali tahlil qilinadi. 

Tizim litsenziya va tasdiqnomalar, davriy statistika ma’lumotlari, avvalgi huquqbuzarlik holatlari, jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlari, ommaviy axborot vositalari hamda boşqa taşqi manbalardan olingan ma’lumotlar asosida işlaydi.

Xavf darajasi “ball” tizimi orqali baholanib, sub’yektlar uç toifaga ajratiladi:

– xavfi yuqori — 81 va undan yuqori ball;
– xavfi örta — 61–80 ball;
– xavfi past — 60 va undan kam ball.

Baholaş natijalariga köra, xavfi yuqori toifadagi sub’yektlarga nisbatan profilaktika tadbirlari ötkazilişi va tekşiruvga taşabbus qilinişi mumkin. Xavfi örta toifada esa profilaktika çoralaridan keyin ham holat ijobiy tomonga özgarmasa, tekşiruv ötkazilişi mumkin.

Şuningdek, elektron tizim natijalari asosida boşlanadigan tekşiruvlar haqida tadbirkorlik sub’yekti kamida 10 iş kuni oldin xabardor qilinişi nazarda tutilgan.