O‘zbekiston | 15:00 / 28.02.2026
2856
3 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada yangi savdo markazi: TXT Mall’dan joy olish shartlari qanday?

Vodiyda yirik savdo va ko‘ngilochar majmua TXT Mall qurilishi yakunlangani ma’lum qilindi. 6 qavatli markazda savdo do‘konlari, biznes maydonlari va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari joylashadi. Loyiha tashabbuskorlarining fikricha, yangi majmuada 100 ga yaqin ish o‘rni yaratilishi va kuniga 5–6 ming tashrif buyuruvchi kelishi kutilmoqda.

Markaz qurilishi 2023 yilda boshlangan bo‘lib, 2027 yilgacha to‘liq topshirish rejalashtirilgan. Hozirda bino foydalanishga tayyor, barcha ruxsatnomalar olingan va texnik me’yorlarga muvofiq sertifikatlardan o‘tilgan.

6 qavatli majmua savdo do‘konlari, biznes maydonlari hamda xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini birlashtiradi. Avtoturargoh sig‘imi esa 300 ta avtomobilga mo‘ljallangan.

Bo‘lib to‘lash: foizsiz model

Loyiha doirasida tijoriy maydonlar 20 foiz boshlang‘ich to‘lov bilan, 48 oygacha bo‘lib to‘lash sharti asosida taklif etilmoqda. Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, to‘lovlar bank ishtirokisiz moliyaviy hamkor orqali amalga oshiriladi, foiz va yashirin komissiyalar nazarda tutilmagan.

Shuningdek, tijoriy maydon narxi shartnoma imzolangandan so‘ng fiksatsiya qilinadi. To‘lovlar kechiktirilgan taqdirda, uch oygacha ogohlantirish muddati berilishi, shundan so‘ng shartnoma bekor qilinishi mumkinligi qayd etilgan. Ijara siyosati esa alohida shartnomalarda belgilanishi aytilmoqda.

Ish o‘rinlari va tashrif buyuruvchilar oqimi

TXT Mall ochilgandan so‘ng taxminan 100 ta ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Loyiha tashabbuskorlari kuniga 5–6 ming atrofida tashrif buyuruvchi bo‘lishini prognoz qilmoqda.

Agar bu ko‘rsatkichlar tasdiqlansa, majmua Farg‘ona shahri savdo infratuzilmasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mazkur savdo markazi savdo hajmini oshirish bilan bir qatorda xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish va ko‘ngilochar segment rivojlanishiga ham turtki beradi.

Loyiha vakillarining ta’kidlashicha, TXT Mall’ning asosiy ustunligi – maydon hajmi va xizmatlar ko‘lamining kengligida. Loyiha asosan yirik brendlar va tarmoq bizneslari uchun mo‘ljallangani aytilmoqda. Kichik tadbirkorlar uchun maydonlar ham mavjud, biroq ulush nisbatan kamroq bo‘lishi mumkin. Bu esa hududiy savdo bozori tarkibida ma’lum o‘zgarishlar yuz berishi ehtimolini ko‘rsatadi.

TXT Mall loyihasi o‘zini “hudud iqtisodiy faolligini oshiruvchi yangi bosqich” sifatida taqdim etmoqda. 3 martdan savdolar boshlanishi rejalashtirilgan.

Batafsil ma’lumotni quyidagi manzildan olish mumkin:

https://t.me/txtgroup_bot

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish