“Hazorasptumangaz” gaz ta’minoti bölimi xodimlari M.M va E.B. özaro til biriktirib, 2 500 AQŞ dollari evaziga fuqaro O.I.ga nisbatan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holati yuzasidan hisoblangan 309 mln sömlik zararni kamaytirib berişni va’da qilişgan.
Bu holat Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda ma’lum böldi.
Ular kelişilgan puldan 1 400 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olganliklari aniqlanib, uşbu pullar hisobidan 4,8 mln sömning qaytarilişi protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.










