Bolalarning hayoti hamda sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar haqida xabar berish uchun 1246 qisqa raqamli koll-markaz ishga tushirildi.

“Har bir bola xavfsiz va mehrga to‘la muhitda ulg‘ayish huquqiga ega. Agar siz bolaga nisbatan zo‘ravonlik, beparvolik yoki uning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlarga guvoh bo‘lsangiz, bu haqda albatta xabar bering”, deyiladi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabarida.

Qayd etilishicha, koll-markaziga murojaat qiluvchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Koll-markaziga quyidagi holatlarda murojaat qilish mumkin:

Bolaga nisbatan jismoniy, ruhiy yoki jinsiy zo‘ravonlik, beparvolik va shafqatsiz munosabat hamda bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi boshqa holatlar.

Xabarda aytilishicha, hozirda 1246 qisqa raqamli koll-markaz sinov rejimida faoliyat yuritmoqda.