Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Afğoniston taşqi işlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Qayd etilişiça, suhbat davomida Afğoniston – Pokiston çegarasidagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almaşdik hamda vazminlikni saqlaş va vaziyatning yanada keskinlaşuviga yöl qöymaslik muhimligi ta’kidlandi.
“Barqarorlikni ta’minlaş va mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etişda muloqot asosiy vosita bölib qolişi zarurligini tasdiqladik”, deb ma’lum qildi Saidov öz telegram-kanalida.
Saidov şuningdek, Pokiston taşqi işlar vaziri Muhammad Işoq Dar bilan telefon orqali ötkazgan muloqotida Pokiston va Afğoniston örtasidagi sönggi vaziyat yuzasidan fikr almaşdi.
“Mavjud qarama-qarşilikni yumşatiş va barqarorlikni ta’minlaş maqsadida özaro işonç hamda izçil muloqotning ahamiyati zarurligini alohida qayd etdik”, dedi Özbekiston taşqi işlar vaziri.
26 fevral kuni Afğoniston va Pokiston bir-biriga zarbalar bergan, Özbekiston ularni öt oçişni darhol töxtatişga çaqirgandi.












