Isroil Livandagi Bayrutning janubiga — Eron qöllab-quvvatlaydigan harakat “Hizbulloh” nazoratidagi hududlarga kuçli havo zarbalarini berdi. Bunga sabab, uşbu guruh Eronning oliy rahbari Ali Xominaiy öldirilgani uçun qasos sifatida Isroil tomon raketa va uçuvçisiz uçiş apparatlari (dronlar)ni uçirgani böldi. Bu haqda Reuters agentligi duşanba, 2 mart kuni xabar qildi.

Guvohlar öndan ortiq portlaşlar haqida aytgan. Agentlik aniqlaştirişiça, bu — 2024 yildan beri Livan poytaxtining janubiga berilgan eng intensiv zarbalar.

“Hizbulloh” Isroilga qarşi tungi kampaniyani boşladi va har qanday keskinlaşuv uçun töliq javobgar”, — dedi Isroil mudofaa kuçlari (TSAHAL) Boş ştabi boşliği Ayal Zamir.

TSAHALning Telegram-kanalida aniqlaştirilişiça, harbiylar Bayrut atrofida “Hizbulloh”ning yuqori lavozimli vakillariga nisbatan aniq zarba bergan. Şuningdek, Isroil mudofaa kuçlari Livan janubidagi “Hizbulloh” yetakçilaridan biriga ham zarba bergani qöşimça qilingan.

Bundan oldin AQŞning BMTdagi doimiy vakili Mayk Uolts Vaşington va Isroil tomonidan “Epik ğazab” deb nomlangan operatsiya Eronning raketa va harbiy-dengiz infratuzilmasiga qarşi qaratilganini, maqsad esa uning yadroviy qurol yaratişiga yöl qöymaslik ekanini aytgan. U, şuningdek, Tehronni “Hizbulloh”, HAMAS va husiyçilar kabi harakatlarni qöllab-quvvatlayotganlikda ayblagan.