O‘zbekiston | 09:42 / 04.03.2026
2087
1 daqiqa o‘qiladi

Centrum Air Dubay–Toshkent yo‘nalishida repatriatsiya reysini amalga oshiradi

Centrum Air aviakompaniyasi 5 mart kuni Dubaydan Toshkentga C6352 raqamli vatanga qaytarish (repatriatsiya) reysi amalga oshirilishini ma’lum qildi. Ushbu reysga 2–3–4 mart kunlari Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari qabul qilinadi.

Foto: Centrum Air

Aviakompaniyaning rasmiy xabariga ko‘ra, C6352 reysi 5 mart kuni (mahalliy vaqt bilan) quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi: Dubay 10:40 — Toshkent 16:10.

Qayd etilishicha, koll-markaz mutaxassislari yo‘lovchilar bilan bog‘lanib, zarur ma’lumotlarni taqdim etadi.

Barcha savollar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish mumkin. E-mail: [email protected]. Telefon: +998 55 518 88 88.

Centrum Air yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, yo‘lovchilarga tushunganlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid