28 fevral kuni “Toşkent şahrida kompleks quriliş tamoyili asosida yirik investitsiya loyihalarini amalga oşiriş hamda yaşil hududlarni barpo etiş jarayonlarini jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” hukumat qarori qabul qilingan. Hujjat Lex.uz'ga joylandi.
Qaror bilan, Toşkent şahrida 1512 gektar yer uçastkasida xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan amalga oşiriladigan, umumiy qiymati 14,5 mlrd dollarga baholangan jami 30 ta yirik köçmas mulk loyihasi (turar va noturar majmualar) röyxati tasdiqlandi.
Belgilanişiça, yirik renovatsiya va rekonstruksiya loyihalarini amalga oşirişda har bir loyihaga kompleks quriliş tamoyili asosida yondaşiladi va hududning kamida 30 foizida yaşil maydonlar taşkil etiladi.
Yer maydoni 1 gektargaça bölgan kiçik va ziç qurilişlardan voz keçiladi.
Tanlangan hududlardagi qurilişlardan tuşadigan infratuzilma tölovlari va boşqa ajratmalar hisobidan 9 ta hududda “Toşkent Invest” kompaniyasi tomonidan umumiy maydoni 139,6 gektar bölgan yangi yaşil hududlar – jamoat parklari taşkil etiladi.
Şuningdek, Yangihayot tumani Xöja Uçqun va Yangi Gulzor mahallalari hududida yer maydoni 799 gektar, loyiha qiymati 1 mlrd 670 mln dollar bölgan “Yangi avlod” sanoat zonasi barpo etiladi.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, Toşkent şahrining 2045 yilgaça möljallangan boş rejasiga köplab özgarişlar kiritildi.
Eslatib ötamiz, poytaxt boş rejasi 2024 yil dekabr oyida tasdiqlangan va uning özgarişi ötgan yildan beri kutilayotgan edi.
Loyihalar röyxati:













