Kun.uz avvalroq xabar berganidek, Vazirlar Mahkamasining 28 fevral kungi qarori bilan Toşkent şahri boş rejasiga özgarişlar kiritildi.
Telegram'dagi Davletovuz kanali özgarişlardan keyin qator hududlarda yangi binolarning balandlik çeklovlari oşirilganiga e’tibor qaratdi.
“Xususan, Mirzo Uluğbek tumani Navnihol va Olimlar mahallalarida binolar 27 qavatgaça (amalda 5 qavatgaça edi), Oltintepa mahallasidagi renovatsiya qilinadigan binolar 16 qavatgaça qurilişi mumkin.
Bektemir tumanidagi yangi loyihalar 25-30 qavatgaça, Mirobod tumani Mingörik mahallasida 28 qavatgaça, Yangi Mirobod mahallasida 20-40 qavatgaça böladi.
Sergeli tumanida 30 qavatgaça, Olmazor tumanida 18 qavatgaça, Şayxontohur tumanida 12-29 qavatgaça, Çilonzor tumani Beşyoğoçdagi quriliş 28-32 qavatgaça (bungaça 9-12 qavat mumkin edi), Yangihayot tumanida 28 qavatgaça, Uçtepada 33 qavatgaça bölişi mumkin”, – deya yozdi bloger.
Toşkent şahrining 2048 yilgaça möljallangan boş rejasi uzoq keçikişlardan keyin 2024 yil 24 dekabr kuni tasdiqlangan edi. Lekin oradan bir neça oy ötib, boş rejaga zid köplab qurilişlarning loyihalari paydo bölib, taqdimotlar qilina boşlangan edi.
28 fevral kungi qaror asosida, şahar böylab jami 1,5 ming gektar maydonda umumiy qiymati 14,5 mlrd dollar bölgan 30 ta yirik köçmas mulk loyihasi amalga oşirilişi belgilandi. Bu yirik majmualar, xususan renovatsiya qilinadigan mavzelar hududining kamida 30 foizi yaşil maydonlar bölişi kerak.
Ayni paytda, poytaxtda yer maydoni 1 gektargaça bölgan kiçik va ziç qurilişlardan voz keçilişi, şaharda 9 ta yangi yaşil hudud – jamoat parki taşkil etilişi közda tutilgan.
Toşkentda boş rejaga zid qator yirik loyihalar ilgari surilmoqda








