Visual Capitalist xalqaro telekommunikatsiyalar ittifoqining 2026-yilgi ICT Development Index - IDI maʼlumotlari asosida 159 ta iqtisodiyotning raqamli rivojlanişini taqqosladi. Indeks mamlakatlarning «universal va mazmunli raqamli ulaniş» sari qançalik ilgarilaganini baholaydi.
IDI 10 ta körsatkiçdan tuzilgan. Unda internetga kiriş va undan foydalaniş, aloqa tarmoqlarining qamrovi, maʼlumotlar isteʼmoli hamda internet xizmatlarining aholi uçun narxi kabi omillar hisobga olinadi.
Reytingda eng yuqori natija Saudiya Arabistonida qayd etilgan - 99,8 ball. Mamlakat universal ulaniş böyiça 100 ball, mazmunli ulaniş böyiça esa 99,6 ball olgan.
Önta eng yuqori natijaning beştasi Yaqin Şarq iqtisodiyotlariga töğri keladi. Saudiya Arabistonidan taşqari BAA, Kuvayt, Qatar va Bahrayn ham yuqori örinlarni egallagan.
Yevropada Estoniya 98,5 ball bilan eng yuqori körsatkiçga ega. Finlandiya 98,4 ball bilan undan keyingi örinda turibdi. Daniyaning natijasi 98,2 ballni taşkil etgan.
Amerika qitʼasida AQŞ 97,9 ball bilan yetakçi. Hongkong va Singapur ham 97,9 balldan töplagan, Janubiy Koreya 95,5, Malayziya esa 95,3 ball qayd etgan.
Arab davlatlari mintaqasida mamlakatlar örtasida katta farq bor. Mintaqaning örtaça körsatkiçi 78 ball bölsa-da, ayrim iqtisodiyotlarda natija deyarli maksimal darajaga yaqin, boşqalarida esa 37 ballgaça tuşadi. Bu internet tarmoqlarining mavjudligi, ulardan foydalaniş darajasi va xizmatlar narxi qöşni davlatlarda ham keskin farq qilişi mumkinligini körsatadi.
Osiyo-Tinç okeani mintaqasida eng yuqori va eng past natijalar örtasidagi farq 62 ballga yetadi. Bu yerda urbanizatsiya darajasi, telekommunikatsiya infratuzilmasi va aholi daromadlari asosiy omillardan hisoblanadi.
Osiyo raqamli infratuzilma, ayniqsa maʼlumotlarni qayta işlaş markazlari qurilişi böyiça ham jadal ösmoqda. Bulutli texnologiyalar va sunʼiy intellektdan foydalaniş kengaygani Malayziya, Indoneziya va Tailand kabi davlatlarga yangi investitsiyalarni jalb qilmoqda.
Dunyo böyiça IDI'ning örtaça körsatkiçi 79 ballni taşkil etadi. 59 ta iqtisodiyot 90–100 ball oraliğida natija qayd etgan, 15 tasi esa 50 balldan kam töplagan.
Daromad darajasi raqamli rivojlaniş bilan çambarças boğliq bölib qolmoqda. Kam daromadli iqtisodiyotlarda örtaça körsatkiç 42 ball, yuqori daromadli mamlakatlarda esa 93 ballga teng.

















