5-oktabr kuni eʼlon qilingan farmoyiş «YuniKredit Bank» tarkibidan alohida kompaniya ajratib çiqariş hamda bankning UniCredit’ga tegişli 100 foiz aksiyasi bilan bitim tuzişga ruxsat beradi.

Hujjatda uşbu bitimlar uçun Rossiya qonunçiligida nazarda tutilgan boşqa ruxsat va kelişuvlarni oliş talab etilmasligi belgilangan. Biroq ruxsat berilişi sotuv yakunlanganini anglatmaydi.

UniCredit 2026-yil 7-mayda Rossiyadagi faoliyatining bir qismini sotiş böyiça dastlabki, majburiy kuçga ega bölmagan kelişuv imzolaganini maʼlum qilgan. Xaridor Birlaşgan Arab Amirliklaridagi xususiy investor ekani aytilgan, ammo uning nomi oşkor etilmagan.

Guruhning rasmiy bayonotiga köra, Rossiyadagi bank faoliyatining bir qismi yangi yuridik şaxsga ötkaziladi. Yangi bankning barça aksiyalari UniCredit’da qoladi, qolgan biznesni öz içiga olgan bank esa xaridorga töliq sotiladi.

Italiya guruhi Rossiyadagi faoliyatini asosan xalqaro tölovlarga yönaltirmoqçi. Bunda sanksiyalarga tuşmagan Rossiya va Ğarb korporativ mijozlarining, birinçi navbatda, yevro va AQŞ dollaridagi operatsiyalariga xizmat körsatiş közda tutilgan.

Kompaniya bitimni 2027-yilning birinçi yarmida yakunlaşni rejalaştirgan. Buning uçun majburiy kuçga ega hujjatlarni imzolaş, biznesni ajratiş jarayonini amalga oşiriş va tegişli regulyatorlar talablarini bajariş zarurligi qayd etilgan.

Avvalroq, 2025-yil mayida OAV BAAda röyxatdan ötgan Asas Capital, Mada Capital va Inweasta kompaniyalari UniCredit’ning Rossiyadagi biznesini sotib olişga qiziqiş bildirgani haqida yozgan edi.

DW keltirgan maʼlumotlarga köra, Inweasta asosçisi Andrey Yelinson 2023-yilgaça «Alfa-grupp»ning investitsiya bölinmasi - A1’da boşqaruvçi hamkor bölgan. Biroq uşbu kompaniyalardan biri hozirgi bitim xaridori ekani tasdiqlanmagan.

UniCredit Rossiyaning 2022-yilda Ukrainaga keng kölamli hujumidan keyin ham mamlakatda faoliyatini davom ettirgan yirik Ğarb banklaridan biri bölib qoldi. Yevropa regulyatorlari guruhdan Rossiyadagi iştirokini qisqartirişni talab qilib kelgan.

Ayni paytda Rossiyada «döst bölmagan» davlatlar investorlariga tegişli bank aksiyalari bilan bitimlar uçun prezidentning maxsus ruxsati talab qilinişi sotuv jarayonini murakkablaştirgan. Putinning yangi farmoyişi UniCredit rejalaştirgan qayta taşkil etiş va sotuv uçun şunday ruxsatni beradi.