Amerikalik olimlar tarixda ilk bor Oy regoliti bilan bir xil bölgan sun’iy tuproqda nöxat yetiştirib, hosil oldilar. Ostindagi Texas va A&M universitetlari mutaxassislari tomonidan ötkazilgan sinov natijalari haqida Scientific Repors jurnali ma’lumot berdi.  

Oy regoliti Yer tuproğidan farq qiladi: unda ösimliklar uçun zarur bölgan mikroorganizmlar va organik moddalar deyarli yöq. Şuningdek, uning tarkibida ösimliklar uçun zaharli bölişi mumkin bölgan oğir metallar mavjud. Bu muammolarni hal qiliş uçun olimlar kompleks yondaşuvni qölladilar.

Olimlar Apollo dasturi missiyalari yordamida Oydan olib kelingan tuproq namunasi asosida yaratilgan sun’iy regolitga vermikompost — yomğir çuvalçanglari organik çiqindilarni qayta işlaşidan hosil böladigan moddani qöşişdi. Nöxatlarga esa ekişdan oldin arbuskulyar mikoriza zamburuğlari bilan işlov berildi. Bu zamburuğlar foydali moddalarni özlaştirişga yordam beradi va oğir metallarning sörilişiga tösqinlik qiladi. 

Tajriba natijalariga köra, nöxat ösişi uçun eng yaxşi şaroit tuproq aralaşmasi tarkibida Oy regoliti 75 foizgaça bölganida kuzatiladi. Bunday namunada ösimliklar yetilib, hosil bergan.

Hosil olinganiga qaramay, olimlar oldida yetiştirilgan donlarning xavfsizligi va ozuqaviy qiymati borasida yangi savollar paydo böldi. Tadqiqotning birinçi muallifi, doktorant Jyessika Atkinning ta’kidlaşiça, endi ösimliklar ösiş jarayonida zaharli metallarni özlaştirib olmaganini va astronavtlar uçun zarur ozuqa tarkibini saqlab qolgan-qolmaganini tekşiriş kerak.