Turkiyaning Istanbul şahri sobiq meri Akrom Imomöğli ustidan yangi sud jarayoni boşlandi. Ayblovlar röyxati jinoiy uyuşma taşkil etiş, poraxörlik va özlaştiriş kabi 142 ta moddadan iborat bölib, 3,9 ming sahifani taşkil etadi. Hurriyet Daily News xabariga köra, agar ayblov tomoni sobiq merning barça bandlar böyiça aybini isbotlay olsa, u 2430 yilga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.

Birinçi majlis Akrom Imomöğliga bayonot berişga ruxsat etmagan sudya tomonidan töxtatildi. Sobiq merning «özini özi himoya qiladigan odamlarning huquqlarini hurmat qiliş» çaqiriğidan söng sudya majlislar zalidan çiqib ketdi, barça iştirokçilardan taşqariga çiqiş söraldi. Majlis tuşga yaqin yana davom ettirildi.

Zalda Akrom Imomöğlining qarindoşlari va muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi (RXP) rahbari Özğur Özel ham bor edi. Jarayon qat’iy xavfsizlik çoralari ostida ötmoqda. Sud binosidan 1 km radiusda har qanday norozilik namoyişlari taqiqlangan. Sud binosi yaqiniga örnatilgan panjaralar ortida sobiq merning köplab tarafdorlari töplandi.

Turkiyaning Yevropa taraqqiyot yöli tarafdori bölgan RXP yetakçilaridan biri Akrom Imomöğli 2025 yil mart oyida korrupsiyada ayblanib qölga olingan edi. Uning özi barça ayblovlarni rad etib, ularni siyosiy sabablar bilan boğliq deb ataydi.

Imomöğli prezidentlik saylovida Rajab Toyyib Erdöğanning asosiy raqibi hisoblangan edi, uning hibsga olinişi Turkiya şaharlari köçalarida köp millionli norozilik namoyişlariga sabab böldi.

2025 yil iyul oyida Akrom Imomöğli prokurorni haqoratlaş va tahdid qiliş işi böyiça bir yil-u sakkiz oyga ozodlikdan mahrum etildi. Hozir körib çiqilayotgan korrupsiya işi böyiça u bilan birga 400 ga yaqin odam, jumladan Istanbul, Antaliya, Bursa va boşqa şaharlar meriyalari xodimlari, şuningdek, tadbirkorlar va jurnalistlar sudlanmoqda.