Özbekiston xususiy sanoat sektori uçun bunday bahoga ega böliş muhim qadam hisoblanadi. ADM Jizzakh xalqaro agentlik tomonidan rasman baholangan mahalliy bozorning sanoqli xususiy iştirokçilaridan biriga aylandi.
Reytingning asosiy maqsadi — global brendlar va investorlar uçun işonçli hamkor sifatidagi maqomni mustahkamlaş. “Barqaror” prognozi bilan “B” darajasi ADM Jizzakh’ning moliyaviy barqarorligini tasdiqlaydi va kompaniyani xalqaro miqyosda tan olingan Özbekiston xususiy kompaniyalarining çeklangan doirasiga olib çiqadi.
Baholaş quyidagi asosiy körsatkiçlarga asoslanadi:
● EBITDA böyiça rentabellik 13 foizdan yuqori va sof foydaning ösişi;
● öz majburiyatlarini belgilangan muddatda bajariş uçun aktivlar likvidligining yuqori darajasi;
● agentlik prognozlariga köra, yaqin ikki yil içida zavodning barqaror rivojlanişi.
S&P tahlilçilari Özbekistonda avtomobil bozorining ösib borayotganini va zavoddagi köp brendli işlab çiqariş modeli ijobiy samara berayotganini ta’kidlaydi. Keng kölamli investitsiya dasturiga qaramasdan (2026 yilda qariyb 1,8 trillion söm va 2027 yilda 1,2 trillion söm), ADM’ning qarz yuki nazorat ostida qolmoqda.
S&P reytingiga ega böliş korporativ boşqaruv yetukligini va kompaniyaning Özbekistonni sanoatlaştirişdagi muhim örnini tasdiqlaydi.







