Ma’lumki, 30 yanvar kuni “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oşiriş, uglevodorod zaxiralarini kengaytiriş va tarmoqni zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantiriş böyiça ustuvor vazifalar belgilangandi. 23 fevral kuni esa uşbu topşiriqlarning dastlabki ijrosi körib çiqilib, qator qöşimça topşiriqlar berilgan edi. Bugungi taqdimotda mazkur çora-tadbirlarni amalga oşiriş jarayoni yana bir bor tahlil qilindi.

Neft va gaz sohasida geologiya-qidiruv işlarini kengaytiriş, yangi konlarni aniqlaş, mavjud quduqlar samaradorligini oşiriş va qazib çiqariş hajmini barqarorlaştirişga alohida töxtalib ötildi.

Bu borada soha rahbarlarining joriy yil boşidan 3D seysmik qidiruv işlari 471 kvadrat kilometr hajmda amalga oşirilgani, 11 ta yangi quduq işga tuşirilgani, 20 ta quduqda ta’mirlaş işlari bajarilgani va 5 ta texnologik tadbir amalga oşirilgani töğrisidagi ma’lumoti körib çiqildi.

Şu bilan birga, sohada operatsion samaradorlikni oşiriş, korxonalarning xarajatlarini maqbullaştiriş va moliyaviy barqarorligini mustahkamlaş böyiça işlarga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbari belgilangan vazifalar va rejalaştirilgan çora-tadbirlar ijrosini aniq hisob-kitob va qat’iy intizom asosida ta’minlaşni davom ettiriş yuzasidan mutasaddilarga topşiriqlar berdi.