Toşkent şahrida maşinani migalka bilan katta tezlikda boşqargan şaxslar jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanişdi.

Sud hujjatiga köra, 30 yoşli Ismatillo Komiljonov 2 martdan 3 martga ötar keçasi Mersedes Benz maşinasini Toşkent şahri hududida 210 km/soat tezlikda boşqargan. Söngra uşbu holatni videotasvirga olib, Instagram’da e’lon qilgan.

25 yoşli Şahzod Ahmadjonov ham 9 mart kuni uşbu Mersedes Benz maşinasini ruxsati bölmagan yoritiş çiroqlari (migalka) bilan poytaxt köçalarida yuqori tezlikda boşqargan. 

Şuningdek, uşbu şaxslar fuqaroning arizasiga asosan borgan içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarişdan boş tortib, qarşilik körsatgan.

Huquqbuzarlar sudda ayblariga qisman iqror bölgan hamda jamoat tartibini buziş niyati bölmaganini aytib, qilmişidan puşaymonlik bildirgan. 

Sud qarori bilan Ismatillo Komiljonov va Şahzod Ahmadjonov mayda bezorilik va içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik huquqbuzarliklarini sodir etgan, deb topildi. Ularga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.