Taqdimotda sönggi vaqtlarda jangovar, ya’ni aralaş sport turlari böyiça noqonuniy janglar yaşirin tarzda taşkil etilayotgani va ularda yoşlar ham iştirok etayotgani qayd etildi. Şu bilan birga, bu kabi holatlar uçun amalda aniq javobgarlik çoralari mavjud emasligi körsatib ötildi.

Şu bois, qonun hujjatlariga mazkur xavf-xatarlarning oldini oliş, ularga qarşi keskin kuraşiş va bunday illatni tag-tomiri bilan bartaraf etişga qaratilgan yangi normalarni kiritiş zarurligi ta’kidlandi.

Xususan, oğir va öta oğir turdagi jinoyatlarni sodir etiş maqsadida jinoiy uyuşma taşkil etganlik, uni moliyalaştirganlik, şuningdek, bunday tuzilmalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni yaşirişga homiylik qilganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilaş taklif etildi.

Şuningdek, jangovar sport turlari böyiça musobaqalarni noqonuniy taşkil etganlik va ötkazganlik uçun jinoiy javobgarlik, qonunga zid ravişda taşkil etilgan musobaqalarda iştirok etganlik uçun esa ma’muriy javobgarlik joriy etiş taklif qilindi. Bundan taşqari, bezorilik jinoyati uçun jazo çoralarini kuçaytiriş ham nazarda tutilmoqda.