Markaziy bank 2026 yilning fevral oyi holatiga inflatsiya körsatkiçlarini e’lon qildi.
Umumiy yillik inflatsiya 2022 yilda 12,3 foiz bölgan, 2023 yilda 8,8 foiz, 2024 yilda biroz oşib, 9,8 foiz, 2025 yilda esa 7,3 foizga tuşgandi. 2026 yilning fevral oyi holatiga ham bu körsatkiç 7,3 foizni taşkil etgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari
Infografikaga köra, ba’zi oziq-ovqatlar narxi sezilarli darajada pasaygan, boşqalari esa keskin oşgan:
Yillik hisobda qovoq (-57,1 foiz), baqlajon (-31 foiz), tarvuz (-26,3 foiz), sarimsoq (-22,9 foiz) va şaftoli (-22,8 foiz) narxlari sezilarli darajada pasaydi.
Hisobot davrida quyidagi mahsulotlar narxlari keskin qimmatlagan:
- Limon (+90 foiz);
- Qöy göşti (+27,4 foiz);
- Suyaksiz mol göşti (+24 foiz);
- Suyakli mol göşti (+22,4 foiz);
- Qiyma (+17,5 foiz).

Iste’mol narxlari indeksi savatidagi umumiy 167 turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan 150 tasining (90 foiz) yillik narx ösişi 10 foizdan past bölgan.
Avvalroq prezident boşçiligidagi yiğilişda yanvar oyida inflatsiyaning 45 foizi oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa 13 foizi göşt hisobidan bölganiga urğu berilib, göştda importga qaramlikni qisqartiriş uçun ozuqa masalasini hal qiliş kerakligi ta’kidlab ötilgandi.
Nooziq-ovqat tovarlar
Nooziq-ovqat mahsulotlaridan yirik oşxona priborlari (-1,7 foiz), kiçik maişiy priborlar (-1,5 foiz) arzonlagan.
Oltin narxlari global bozorda rekord darajada qimmatlaşi zargarlik buyumlarida ham aks etgan – nikoh uzugi 32,1 foizga qimmatlagan.
Şuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlari tarkibida metan (+30,3 foiz), gazeta (+17,5 foiz), jurnal (+15,3 foiz), propan (+9,7 foiz) narxlarida keskin oşiş kuzatilgan.

Iste’mol narxlari indeksidagi 252 turdagi nooziq-ovqat mahsulotlarining 233 tasi (92 foiz) böyiça yillik narx ösişi 10 foizdan kam bölgan.
Xizmatlar
Yillik hisobda pul ötkazmalari uçun haq tölaş narxlari 5,6 foizga, içki aviareyslar 3,5 foizga, nodavlat OTMda öqiş 0,5 foizga arzonlagan.
Narxi eng köp qimmatlagan xizmat şaxsiy transport vositalarini suğurtalaş böldi – hisobot davrida bu xizmat narxi 281,8 foizga oşgan. Şuningdek, trolleybusda yöl haqi (+100 foiz), tarmoq gaz (+39,2 foiz), haydovçilik kurslari (+38,5 foiz) va sovuq suv (+35,1 foiz) narxlarida ham keskin qimmatlaşiş kuzatilgan.

Iste’mol narxlari indeksidagi 98 turdagi xizmatlarning 69 tasi (70 foiz) böyiça yillik narx ösişi 10 foizdan past bölgan.
Oxirgi yillarda inflatsiya dinamikasining özgarişi
2016 yilda yillik inflatsiya 9,7 foizni taşkil etgan bölsa, 2017 yilda bu körsatkiç keskin oşib, 18,8 foizga yetgan va oxirgi 10 yillikdagi eng yuqori darajasi sifatida qayd etilgan. Keyingi yillarda nisbiy pasayiş kuzatilgan: 2018 yilda 14,3 foiz, 2019 yilda 15,2 foiz. 2020 yildan boşlab inflatsiya bosqiçma-bosqiç sekinlaşib, 2021 yilda 10 foiz darajasida şakllangan. 2022 yilda taşqi iqtisodiy omillar ta’sirida inflatsiya yana biroz oşib, 12,3 foizga yetgan bölsa-da, 2023 yilda 8,8 foizgaça pasaygan. 2024 yilda 9,8 foizlik inflatsiya qayd etilgan bölsa, 2025 yilda bu körsatkiç 7,3 foizgaça pasaydi.

Manba: Progressiv islohatlar markazi












