Namangan viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi tomonidan ğişt işlab çiqaruvçi «S.M.» korxonasida ekologik talablarga rioya etilişi yuzasidan nazorat-reyd tadbiri ötkazildi.

Örganiş davomida korxona atmosferaga yuqori darajada çang-gaz çiqayotgani aniqlanib, faoliyati vaqtinça töxtatildi hamda aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça körsatmalar berildi.

Şuningdek, Andijon viloyatida ohak va ğişt işlab çiqariş korxonalaridan çiqayotgan tutun hamda çang sababli nafas oliş qiyinlaşayotgani haqida fuqarolardan murojaatlar kelib tuşgan.

Viloyat Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi mazkur murojaatlar asosida uşbu korxonalarda örganiş va nazorat tadbirlari ötkazdi. Korxonalarda örnatilgan çang va gaz tozalaş uskunalarining samaradorligi örganilib, laboratoriya tahlillari uçun namunalar olindi.

Bundan taşqari, hududlarda aniqlangan 2 ta qölbola ohak pişiriş öçoği bartaraf etilib, qonuniy çoralar körildi.