Boş prokuratura huzuridagi departamentning Boyovut tumani bölimi hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda “Sirdaryo suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyatining Boyovut tumani filiali boşliği U.U. va filialning avariya-ta’mirlaş xizmati bölinmasi brigadiri A.P. qölga olindi.
Tergov ma’lumotlariga köra, ular özaro til biriktirib, fuqaro D.O.ning avval sotilgan xonadoniga tegişli içimlik suvidan 3,5 million sömlik qarzdorlikni 1,8 million söm evaziga yöq qilib berişni va’da qilgan.
Tezkor tadbir davomida filial boşliği xizmat xonasida kelişilgan 1,8 million sömni olgan vaqtida gumonlanuvçilar aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Ma’lum qilinişiça, brigadir A.P. muqaddam sudlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.








