Prezident Administratsiyasi rahbarining bildirişiça, mazkur taşabbus barça iştirokçi davlatlar tomonidan maʼqullangan va kongressning yakuniy deklaratsiyasida öz aksini topgan.

BMT Boş Assambleyasidan söng işini Abu-Dabida davom ettirgan Saida Mirziyoyeva dunyoning turli mamlakatlaridan 5 mingga yaqin vakil qatnaşayotgan anjumanda iştirok etdi.

Kongressda transmilliy jinoyatçilik, terrorizm, narkotrafik, korrupsiya va ekologik huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, bolalarni himoya qiliş va qonun ustuvorligini mustahkamlaş çoralari körib çiqildi.

Anjuman doirasida Saida Mirziyoyeva BMT Boş kotibi örinbosari, BMTning Narkotiklar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi ijroçi direktori Monika Juma bilan uçraşdi. U Özbekiston mazkur tuzilma bilan faol hamkorlik qilib, qator qöşma loyihalarni amalga oşirayotganini taʼkidladi.

Saida Mirziyoyeva navbatdagi kongressni Özbekistonda ötkaziş qarorini mamlakatga bildirilgan yuksak xalqaro işonç ramzi sifatida baholadi.
«Oldinda beş yillik tayyorgarlik davri turibdi. 2031-yilda mamlakatimiz butun dunyodan keladigan delegatlarga mezbonlik qiladi», - dedi u.









