Yiğilişda qayd qilinişiça, Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantiriş, professional sportda seleksiya tizimini takomillaştirişga alohida e’tibor qaratiladi. Joriy yildan Prezident Olimpiadasi doirasida musobaqa ötkaziladigan sport turlari 2 karra köpaytirilib, 21 taga yetkaziladi. Endi mazkur olimpiada parasport böyiça ham ötkazilişi belgilandi.

Har bir tuman, viloyat hokimi öz hududida Hokim olimpiadasini taşkil qiladi. Uşbu musobaqalar ğoliblari Prezident olimpiadasiga yöllanma oladi.

Olimpiya qömitasining hududiy bölimi direktorlari bir vaqtning özida viloyat hokimlariga sport böyiça maslahatçi böladi.

Poytaxtdagi 7 ta oliy sport mahorati maktabi tugatilib, örniga Olimpiya şaharçasida «Olimpiya terma jamoalari markazi» taşkil qilinadi. Joylardagi 56 ta ixtisoslaşgan sport maktabi ham markazning boşqaruviga ötadi.

Adaptiv sport turlari böyiça kadr tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimi ham özgaradi. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toşkent filiali inklyuziv sport böyiça tayanç oliygohga aylanadi.

Sport vaziri A.Ikramov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinçi örinbosari Ş.Mirziyoyeva, Paralimpiya qömitasi raisi M.Taşxojayevga tegişli qaror loyihasini kiritiş topşirildi.

Prezident bugun para sportçilarimiz erişayotgan natijalarda ularga tun-u kun hamrohlik qilayotgan fidoyi insonlarning hissasi katta ekanini ta’kidladi.

Endi öquv-yiğin maşğuloti, respublika va xalqaro musobaqalarda para sportçiga hamrohlik qilganlarga transport va yaşaş xarajatlari qoplab beriladi. Ularga har oyda sport maktablari trenerlari oyligiga teng miqdorda maoş tölanadi.