Central Asian University kampusi hududida faoliyat konsepsiyasi, bemorlarni yönaltiriş, oqimlarni taqsimlaş va asosiy bölinmalarning özaro hamkorligi jihatidan real klinikaga maksimal darajada yaqinlaştirilgan diagnostika markazining töliq formatli modeli yölga qöyilgan. Bu öquv konsepsiyasi emas, balki bugungi kunda faol işlab çiqiş bosqiçida turgan bölajak tizimning prototipidir.

Simulyatsiya sinovlari kuniga 1000 nafarga yaqin bemorni qabul qiliş quvvatiga ega olti kunlik iş formatida ötkazilmoqda. Loyiha qurilayotgan Social diagnostik markaziga nisbatan 1:3 masştabda amalga oşirilayotgan bölib, bu alohida elementlarni emas, balki bölajak tizimning işlaş mantiğini bir butun majmua sifatida sinovdan ötkaziş imkonini beradi. Bunday kölam real amaliyotga maksimal darajada yaqinlaştirilgan şaroitlarda yuqori yuklama, nostandart vaziyatlar, ortiqça zöriqişlar, uzilişlar va bemorlarning özgaruvçan xatti-harakatlarini qayta tiklaş uçun zamin yaratadi.

Simulyatsiyaning maqsadi nafaqat ssenariylarni işlab çiqiş, balki navbatlar qaysi bosqiçlarda paydo bölişini, bemorlar oqimi qayerda uzilib qolişi mumkinligini, çeklangan vaqt şaroitida şifokorlar işining sifati qanday bölişini va oilaviy şifokorlarga qanday real yuklama tuşişini aniq belgilaşdan ham iboratdir. Universitet natijalarni tahlil qilişda ilmiy yondaşuvni qöllaydi: barça ma’lumotlar tizimlaştiriladi, örganiladi va simulyatsiya yakunlari böyiça CAU alohida ilmiy tadqiqot çop etişni rejalaştirmoqda.

Loyihaga yuzlab iştirokçilar, jumladan, şifokor rolida işlaydigan, bemorlarni real vaqtda qabul qiladigan, klinik ssenariylarda qatnaşadigan va çeklangan vaqt içida qaror qabul qiladigan CAU talabalari va rezidentlari jalb etilgan. Bunday yondaşuv kuzatuvga asoslangan emas, balki amaliy tayyorgarlik şaklini yaratadi. Unda bölajak mutaxassislar ta’lim bosqiçining özidayoq mavjud tizimning bir qismiga aylanadi.

“Bu men şu vaqtga qadar duç kelgan eng qimmatli va ilhomlantiruvçi ta’lim şakllaridan biridir. Simulyatsiya klinika faoliyati içkaridan qanday yölga qöyilganini yaqqol köriş hamda şifokor mas’uliyatini nazariyada emas, amalda his etiş imkonini beradi. Tez qaror qabul qiliş, bemorlar bilan muloqot örnata oliş va jamoada işlaş naqadar muhim ekanini tuşunib yetasan kişi. Bunday tajriba ta’lim jarayonini yanada mazmunli qiladi va bölajak kasbingizga çindan ham yaqinlaştiradi. Şunçaki öqişni emas, balki ilk bosqiçlardanoq haqiqiy tibbiyot muhitiga şönğişni istagan abituriyentlarga aynan şunday tayyorgarlik formatiga e’tibor qaratişni, albatta, tavsiya qilgan bölardim”,