Prezident nomiga yöllangan murojaatda Amir Temur va Temuriylar sulolasi merosi jahon tarixining ajralmas qismi ekani ta’kidlandi. Şuningdek, sohibqironning davlatçilik tafakkuri, ilm-fan, madaniyat, şaharsozlik, diplomatiyaga bölgan e’tibori hamda adolatli boşqaruv tamoyillari bugungi kunda ham öz ahamiyatini saqlab qolayotgani qayd etildi.

Toşkent va Samarqand şaharlarida ötgan forum doirasida 200 dan ortiq ilmiy ma’ruza taqdim etildi. Ular Temuriylar davridagi davlat boşqaruv va diplomatiyadan tortib, ilm-fan, san’at, me’morçilik hamda madaniy siyosatgaça bölgan keng qamrovli mavzularni öz içiga oldi.

Konferensiya yakunlariga köra, xalqaro iştirokçilar Temuriylar merosini örganişning yangi bosqiçiga qaratilgan amaliy taşabbuslar paketini taqdim etdilar. Eng muhim natija sifatida xalqaro “yöl xaritasi” qabul qilindi. Unda davrni kompleks örganiş, ilmiy dasturlarni kengaytiriş, fanlararo yondaşuvlarni rivojlantiriş, şuningdek, qölyozma, arxiv va muzey merosini saqlaş, restavratsiya qiliş va raqamlaştiriş işlarini kuçaytiriş nazarda tutilgan.

Şu bilan birga, yoşlarda tarixiy merosga hurmat tuyğusini şakllantirişga qaratilgan ta’lim dasturlarini modernizatsiya qiliş, Temuriylar davri madaniy obektlarini xalqaro maydonda tarğib etiş hamda yoş tadqiqotçilarni grantlar, ilmiy loyihalar va akademik taşabbuslar orqali tizimli qöllab-quvvatlaş ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.