Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Özbek milliy akademik drama teatrida “Adolat fasli” spektaklini tomoşa qildi va unga yuqori baho berdi.

«Amir Temur hayotidan bir kun haqida hikoya qiluvçi kuçli sahna asari bölibdi. Boş rolni kuni-keça “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirlangan Yodgor Sa’diyev ijro etdi. Özbekiston xalq artistini köp yillik mehnatining yuksak e’tirofi hamda qutluğ sana — 80 yillik yubileyi bilan çin dildan tabriklayman», deb yozdi u.

Saida Mirziyoyevaning ta’kidlaşiça, ijodiy jamoa Sohibqiron siymosini nafaqat uluğ hukmdor va sarkarda, balki, avvalo, beqiyos matonat egasi, metin irodali inson sifatida namoyon eta olgan.

«Biz bugun Milliy teatrimiz va unga hayotini bağişlagan fidoyi insonlarning ulkan salohiyatini qalban his etdik», deb qöşimça qildi u.