Bu Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston iqtidorli yoşlarini taqdirlaş va moddiy rağbatlantiriş töğrisida»gi qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi qaror loyihasida belgilangan.

Stipendiya davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim taşkilotlari, şuningdek, qöşma taʼlim dasturlarining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan talabalarga berilişi mumkin.

Talabgor aʼlo öqişi, ilmiy yoki ijodiy işlar bilan şuğullanişi, konferensiya va tanlovlarda iştirok etişi lozim böladi. Şuningdek, Özbekiston tarixi, davlat tili hamda kamida bitta xorijiy tilni bilişi talab etilmoqda.

Amir Temur nomli stipendiyaga daʼvogarning bitiruv malakaviy işi Amir Temur va temuriylar merosiga bağişlangan bölişi yoki şu yönalişda kamida ikkita ilmiy işi eʼlon qilingan bölişi taklif etilgan.

Loyihaga muvofiq, tanlovning keyingi bosqiçiga tavsiya etilgan talabgorlar hujjatlarini har yili 5–15-sentabr kunlari my.edu.uz tizimiga yuklaşi közda tutilgan. Stipendiya tayinlaş böyiça tavsiyanomalarni 5–25-oktabr kunlari körib çiqiş nazarda tutilmoqda.

Bundan taşqari, nomli davlat stipendiyasi sohiblarini bakalavriatni tugatganidan keyin bir yil içida magistraturaning kunduzgi taʼlim şakliga tanlovsiz, qöşimça davlat granti asosida qabul qiliş taklif qilinmoqda.

Mazkur tartiblar hozirça qaror loyihasida nazarda tutilgan.