Markaziy Osiyo tarixidagi yirik davlat arbobi Amir Temur şarafiga u tuğilgan Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanida muzey-yodgorlik majmuasi barpo etiladi.

Tuman hokimligi xabariga köra, 7-avgust kuni Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori Xurşid Fayziyev va boşqa bir guruh mutaxassislar majmua qurilişi uçun taklif etilayotgan hududni közdan keçirgan, loyiha konsepsiyasi, me’moriy yeçimlari va amalga oşiriş mexanizmlarini muhokama qilgan.

Loyihaga köra, majmua markazida Amir Temur haykali örnatiladi. Uning atrofida muzey, kutubxona, madrasa, mehmonxona, hunarmandçilik va zargarlik dökonlari, milliy taomlar maskani, istirohat boğlari, favvoralar hamda tarixiy uslubdagi boş kiriş arkasi barpo etiladi.

Toşkent şahridan Yakkaboğga borgan mutaxassislar tarkibidan Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori Xurşid Fayziyev; uşbu muzey bölim mudiri Tölqin Hayit; temurşunos, adib va jurnalist Hakim Sattoriy; Toşkent Kime xalqaro universiteti Tarix kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor Akbar Zamonov; Farğona davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori Bahriddin Usmonov; iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatçisi Obiddin Mahmudov hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi boşqarma boşliği örinbosari Azamat Jabborov örin olgan.

Qayd etilişiça, qurilajak majmua aholi, mahalliy va xorijiy sayyohlar uçun tarixiy-ma’rifiy va turistik maskanga aylanib, milliy merosni tarğib qiliş, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş va Yakkaboğ tumanining turistik jozibadorligini oşirişga xizmat qiladi.