Ferrari özining birinçi töliq elektromobilini - Luce modelini taqdim etişga tayyorlanmoqda. Bloomberg naşriga köra, Italiya avtokonserni 650 ming dollar atrofida dastlabki boşlanğiç narxni allaqaçon tasdiqlagan. Bu esa Luce’ni tarixdagi eng qimmat Ferrari avtomobillaridan biriga aylantiradi - bu narx Purosangue, 12Cilindri va hatto köplab çeklangan narxdagi superkarlardan ham qimmatroq.

Foto: Ferrari 

Narx nega qimmat?

- Luce liniyaning flagmani sifatida namoyon böladi va umumiy quvvati 1000 ot kuçidan ortiq bölgan törtta elektr motor bilan jihozlanadi.

- 0-100 km/soat tezlaniş — 2,5 soniyadan kam.

- Bu tört örindiqli avtomobil (şakli böyiça Purosangue'ga yaqin, lekin elektr «motor» bilan).

- Interer Apple sobiq dizaynerlari Joni Iv va Mark Nyuson iştirokida işlab çiqilgan. U sensorli ekranlardan voz keçib, taktil kalitlar va şişa tugmalarni afzal köradi.

Ferrari kompaniyasining ta’kidlaşiça, an’anaviy V12 yoki V8 dvigateli bölmasa ham, yangi elektromobil brend ruhini saqlab qoladi va modellar qatorining eng yuqori poğonasidan joy oladi. Yakuniy narx ±10 foiz atrofida özgarişi mumkin, ammo hozirning özida u brend modellarining aksariyatidan sezilarli darajada yuqori.

Luce premerasi 25 may kuni Rimda bölib ötişi kutilmoqda. Şundan söng buyurtmalarni qabul qiliş boşlanadi va narxga qaraganda, eng badavlat mijozlar orasida navbat oldindan tuziladi.

Bu Ferrari'ning elektrlaştiriş davridagi dadil qadamidir. Bir tomondan, eksklyuzivlikni saqlab qoliş va katta foyda. Boşqa tomondan, xavf mavjud: öta boy mijozlarning toza elektromobillarga bölgan talabi hozirça pastligiça qolmoqda.