Şavkat Mirziyoyev mudofaa vaziri Şuhrat Xolmuhamedovning Turkiya bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan hisobotini tingladi.
Uçraşuvda Turkiya Respublikasi Qurolli Kuçlarining yuqori martabali vakili ham iştirok etdi.

Oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida ikki mamlakat mudofaa idoralari örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Harbiy-texnik hamkorlik izçil rivojlanib, jumladan, idoralararo aloqalar kengayib borayotgani, qöşma tadbirlar taşkil etilib, harbiy mutaxassislar tayyorlanayotgani alohida ta’kidlandi.

Harbiy sohadagi şeriklikni yanada çuqurlaştiriş borasidagi intiliş qat’iy ekani ta’kidlandi.













