24 aprel kuni Yaponiya Immigratsiya xizmatlari agentligi Yaponiyada noqonuniy ravişda yaşab turgan 2 nafar Özbekiston fuqarosini mamlakatdan çiqarib yubordi.
Ulardan biri Yaponiyaga talaba vizasi bilan kirgan, ammo keyinçalik öqişdan çetlatilganiga qaramay, mamlakatda noqonuniy ravişda qolib ketgan va rasmiylar tomonidan hibsga olingan.
Ikkinçi özbekistonlik qisqa muddatli viza bilan Yaponiyaga kirib, ruxsat berilgan qoliş muddati tugaşiga qaramay mamlakatdan çiqib ketmagan. Bu haqda Kun.uz'ga uşbu davlat elçixonasi ma’lum qildi.
Yapon diplomatlarining qayd etişiça, qisqa muddatli viza bilan Yaponiyada işlaş taqiqlangan. Talaba vizasini olib borganlar esa, agar öqişdan çetlatilsa, Yaponiyada yaşaş maqomi bekor qilinadi.
“Agarda mamlakatda noqonuniy ravişda yaşayotgan şaxslar aniqlansa, ular politsiya tomonidan hibsga olinadi va bunday şaxslarga nisbatan immigratsiya muassasasida uşlab turiş yoki deportatsiya qiliş kabi qat’iy çoralar köriladi.
Bundan taşqari, Yaponiya hukumati – şu kabi şaxslar haqida Özbekiston hukumatiga ma’lumotlarni berib borayotganligi sababli, Özbekistonga qaytgandan keyin ham ularga nisbatan tegişli çoralar körilişi mumkin”, – deyiladi elçixona axborotida.
Yapon rasmiylari “Yaponiyada işlaş mumkin” deb da’vo qiluvçilarning va’dalariga aldanib qolmaslikka çaqirmoqda.
Ma’lumot uçun, avvalroq Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan borib, qoçqinlik maqomini olmoqçi bölgan özbekistonlik deport qilingan edi.








