Milliy statistika qömitasi 2026 yilning yanvar-mart oyidagi sanoat işlab çiqariş böyiça hisobotni e’lon qildi.
Joriy yilning birinçi çoragida gaz qazib oliş hajmi 9,6 mlrd kub metrni taşkil etib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 1,7 mlrd kub metrga yoki 15 foizga, 2024 yilning mos davriga nisbatan esa 2 mlrd kub metrga yoki 17,2 foizga qisqargan. Xususan, mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olingan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,2 mlrd kub yoki 30,8 foizga kam.
Oxirgi yillarda Özbekistonda gaz qazib oliş dinamikasi quyidagiça özgardi:

Ma’lumot uçun, yanvar-mart oylarida gaz eksporti 36,7 mln dollarni (-61 foiz) taşkil etgan, import hajmi esa qariyb 360,5 mln dollar bölgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobar yuqori körsatkiç.
«Özbekiston-2030» strategiyasiga köra, joriy yilda 40,2 mlrd kub metr gaz qazib olinişi kutilyapti. Bu 2025 yilga nisbatan 3,6 foizga yoki 1,5 mlrd kub metrga kam.
Hisob-kitoblarga köra, keyingi 4 yil davomida gaz qazib oliş körsatkiçlari quyidagiça özgaradi:
- 2027 yil – 42,9 mlrd kub (+6,7 foiz);
- 2028 yil – 44,5 mlrd kub (+3,7 foiz);
- 2029 yil – 45,5 mlrd kub (+2,2 foiz);
- 2030 yil – 48,5 mlrd kub (+6,6 foiz).
Hisobot davrida ötgan yilning mos davriga nisbatan neft qazib oliş 160,8 ming tonnadan 157,3 ming tonnaga (-1,8 foiz), gaz kondensati işlab çiqariş 296,6 ming tonnadan 242,3 ming tonnaga (-18,3 foiz) qisqargan.

Öz navbatida dizel yonilğisi işlab çiqariş 182 ming tonnadan 280,9 ming tonnaga (+54,3 foiz), benzin işlab çiqariş 304,3 ming tonnadan 313,2 ming tonnaga (+2,9 foiz) oşgan.
Elektr energiyasi işlab çiqariş ham umumiy hisobda oşgan. Xususan, 2025 yilning I çoragida 21,9 mrld kWh elektr energiyasi işlab çiqarilgan bölsa, bu körsatkiç joriy yilning mos davrida 22,9 mlrd kWh’ni taşkil etgan. Bunda yirik korxonalar tomonidan işlab çiqariladigan elektr energiya hajmi 7,5 foizga kamaygan bölsa, kiçik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan işlab çiqarilgan elektr energiyasi hajmi 49 foizga oşgan.










