Xitoylik olim, professor Tunsyan Szou Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi tasarrufidagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti (Green University)ning ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar böyiça prorektori lavozimiga tayinlandi.

Professor Szou Xitoyning eng köp iqtibos keltiriladigan tadqiqotçilaridan biri bölib, olimning ilmiy qiziqişlari turizm, tabiiy resurslar, ekologiya, madaniy meros va barqaror rivojlaniş masalalarini qamrab oladi.

Tunsyan Szou bugunga qadar Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti prezidenti yordamçisi, Xitoy madaniyat va turizm akademiyasi dekani, şuningdek, Samarqanddagi “Ipak yöli” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti prorektori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Professor Xitoyning “Milliy yetakçi mutaxassisi” sifatida e’tirof etilgan hamda XXR Davlat kengaşining maxsus davlat stipendiyasi sohibi hisoblanadi.

U YuNESKO, Xitoy Milliy ijtimoiy fanlar jamğarmasi va Butunjahon turistik şaharlar federatsiyasi kömagida yirik xalqaro loyihalarga rahbarlik qilgan. Şuningdek, “Tabiat himoyaçisi” va “Turizm fidoyisi” kökrak nişonlari bilan taqdirlangan.