Prezident Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayevning taklifiga binoan 15 may kuni amaliy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi.
Davlat rahbari Turkiston şahrida Turkiy davlatlar taşkilotining «Sun’iy intellekt va raqamli rivojlaniş» mavzusidagi norasmiy sammitida iştirok etadi.
Tadbir davomida köp tomonlama hamkorlikni, birinçi navbatda, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya va ekologiya sohalarida hamda raqamli infratuzilmani rivojlantiriş, innovatsion texnologiyalarni joriy etiş va sun’iy intellektni amalda qöllaş borasida yanada kengaytiriş xususida söz yuritiladi.
Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham muhokama qiladi.
Tadbir yakunida Turkiston deklaratsiyasini qabul qiliş közda tutilgan.








