Yevropa Ittifoqi migratsiya masalasida ança ehtiyotkor siyosat yuritmoqda: ilk marta Bryusselga taklif qilingan “Tolibon” bilan kun tartibidagi asosiy masala – afğon qoçqinlarini öz yurtiga qaytariş. Bu – xavfsizlik bilan boğliq xavotirlar, öng partiyalarning ta’siri oşib borayotgani va iqtisodiy qiyinçiliklar bilan boğlanmoqda.
Mavzu yuzasidan Kun.uz studiyasida siyosiy tahlilçilar Islomxon Gaffarov va Umrbek Yusupov şarhi.
Islomxon Gaffarov:
— Yevropa mamlakatlari söngi yillarda migratsiya siyosatidan çarçagan. Sönggi yillarda Arab bahori, Afrikadan doimiy migratsiya, şuningdek, Suriya va Iroqdagi uruşlar natijasida yuzaga kelgan katta oqim Yevropaga jiddiy bosim böldi. Afğonistondagi voqealardan keyin esa bu jarayon yanada kuçaydi. Yevropa Ittifoqi migrantlarni qabul qilişda muayyan darajada toliqdi. Ma’lum ma’noda, Breksit jarayoniga ham migratsiya omili ta’sir körsatdi: Buyuk Britaniya migrantlarni qabul qilişni istamadi va bu masalada yukning katta qismi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga tuşdi.
Şu bois Yevropaning hozirgi yondaşuvi faqat Afğoniston bilan emas, balki umumiy migratsiya siyosatiga nisbatan içki norozilik bilan ham boğliq. Bu yerda masala aynan afğonlarni ajratib körsatişda emas, balki kengroq migratsiya muammosidadir.
Bu borada ayniqsa Germaniya va Şvetsiya hukumatlari faolroq taşabbus körsatmoqda. Bu jamiyatlarda “Nega migrantlarni qabul qilişimiz kerak?” degan savollar tobora köproq yangramoqda.
Ikkinçi muhim masala – xavfsizlik va terrorizm bilan boğliq xavotirlardir. “Tolibon” Afğonistonda hokimiyatni qölga olgan bölsa-da, mamlakat hududida ayrim terrorçi taşkilotlar hanuz faol. Masalan, “Al-Qoida”, “IŞID–Xuroson” bölimi, “Tehrike Tolibon Pokiston” va “Jamoat Ansarulloh” kabi guruhlar mavjud. Ularning ayrimlari boşqa davlatlarda ham teraktlar sodir etgan.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ana şunday kuçlar migrantlar oqimi içida yaşirin kirib kelib, Yevropada ham hujumlar uyuştirişi mumkinligidan xavotirda. Çunki avval ham tartibsiz evakuatsiya jarayonlarida tekşiruvlar yetarli darajada bölmagan holatlar kuzatilgan. Masalan, Afğonistondan çiqib ketiş vaqtida ayrim şaxslar aslida boşqa davlat fuqarosi bölsa ham, umumiy oqim bilan Ğarb davlatlariga kirib olgani haqida misollar bor.
Bundan taşqari, iqtisodiy va ijtimoiy omillar ham xavf tuğdiradi. Qiyin şaroitda yaşayotgan migrantlar moddiy ehtiyoj tufayli turli noqonuniy yoki xavfli faoliyatlarga jalb qilinişi mumkin. Masalan, ayrim hollarda xorijiy razvedka xizmatlari moddiy rağbat evaziga bunday şaxslarni öz maqsadlari yölida işlatişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan. Bu esa Yevropaning xavotirini yanada kuçaytiradi.











